Nikeya imperiyasi

Nikeya imperiyasi – Konstantinopol salibchilar tomonidan bosib olingach, kichik Osiyoda vujudga kelgan davlat. Vizantiya imperiyasidan 1204 yil oxiri — 1205 yil boshlarida ajralib chiqqan uchta grek markazlaridan biri (Nikeya imperiyasi Epir podsholigi va Trapezund imperiyasi). Poytaxti — Nikeya (hozirgi Iznik). 1261 yil Nikeya imperiyasi imperatori Konstantinopolni egallab poytaxtini shu yerga ko’chirgan. Natijada Vizantiya imperiyasi qayta tiklangan.