Nikolayev viloyati
Nikolayev viloyati – Ukraina tarkibidagi viloyat. 1937 yil 22 sentabrda tashkil etilgan. Maydoni 24,6 ming km2. Aholisi 1322,1 ming kishi (1997). Asosan, ukrainlar. Shuningdek, rus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. 19 tuman, 6 shahar, 19 shaharcha bor. Markazi — Nikolayev shahri. Relefi tekislik; shimoldan Janubga (kora dengizga) pasaya boradi. Hududining ko’p qismi kora dengiz bo’yi pasttekisligiga kiradi. Foydali qazilmalari: granit, gneys, Ohaktosh, mergel, gil, kaolin, shag’al, qum, qo’ng’ir ko’mir. Iqlimi mo’tadil kontinental. Iyulning o’rtacha temperaturasi 27°, yanvarniki -4, -5°. Yillik yog’in miqdori 300-350 mm, shimolda 450 mm. Vegetatsiya davri 210 kun. Asosiy daryolari: Janubiy Bug, Ingul, Ingules. Tuproqlari shimolda oddiy qoratuproq, Janubda qoratuproq va to’q kashtan tuproqlar. Tabiiy dasht o’simliklari faqat jarlar yon bag’irlaridagina saqlanib qolgan. Viloyat hududining 2% o’rmon. Tulki, buri, malla tovushqon, olaxurjun, yumronqoziq, kushlardan bedana, qirg’ovul, yovvoyi o’rdak va g’ozlar, Baliqchi, dasht dala to’rg’aylari bor. Dengiz va daryolarda baliq ko’p. Sanoatining yetakchi tarmoqlari: mashinasozlik va metallsozlik, qisman kemasozlik. Dizel, gidroapparatura, murakkab energetika asbob uskunalari, metall konstruktsiyalar ishlab chiqariladi. «Dormashina» (Nikolayev) zavodi skreper, buldozer, asfalt yotqizuvchi mashina va yo’l mashinalari ishlab chiqaradi. Oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Yengil sanoatning eng yirik korxonalari: trikotaj, parfyumeriyashisha kombinatlari, tikuvchilik fabrikalari, poyabzal fabrikasi, uysozlik kombinati, devor bloklari, g’isht, cherepisa, ohaktosh zavodlari bor. Qishloq xo’jalik mexanizatsiyalashgan, ko’p tarmoqli. G’alla, sabzavot-poliz, kartoshka, texnika, yem-xashak ekinlari ekiladi, tokzorlar, bog’va mevazorlar, yaylov va pichanzorlar bor. Baliqchilik va baliq ovlash bilan shug’ullaniladi. Asalarichilik rivojlangan. Chorvachilikning yetakchi tarmog’i — go’sht-sut yetishtirish. Qoramol, cho’chqa, qo’y boqiladi. Temir yo’l, avtomobil yo’llari zich. Dengiz transporti muhim ahamiyatga ega. Porti — Nikolayev. 5 oliy o’quv yurti, 2 muzey, 3 teatr, kutubxonalar bor.