«Nilufar»

«Nilufar» — Osiyo va Afrika mamlakatlari yozuvchilari assotsiatsiyasining yillik xalqaro mukofoti. 1967 yildan boshlab adabiyot sohasida erishgan yutuqlari, shuningdek, Osiyo va Afrika mamlakatlari yozuvchilari harakatini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun mazkur mamlakatlar yozuvchilariga beriladi. O’zbekistonda Zulfiya, K. Yashin va S. Azimov «Nilufar» xalqaro mukofoti bilan taqdirlangan.