Nima uchun ertalab inson ogʻzidan noxush hid keladi?
— Uyqudan oldin tishlaringizni yaxshilab yuvib yotdingiz va shunda ham ertalab ogʻzingizdan yoqimsiz hid keladimi? Sabab tish parvarishida emas, balki ogʻizdagi bakteriyalarda.
— Gap shundaki, tunda soʻlak ishlab chiqarish ancha kamayadi va ogʻizni bakteriyalardan tozalaydigan suyuqlik oz miqdorda boʻladi. Natijada, bakteriyalar kechasi bilan yoqimsiz hid hosil qiladi.