Nima uchun maxsus bulochkaga solingan sosiskani hot-dog (issiq it) deb atashadi?

XІX asrning o’rtalarida, AQSh ko’chalarida ilk bor hot-dog (tarjimasi – issiq it) sotuvchilari paydo bo’lganida, odamlar uni it go’shtidan tayyorlangan deb tushunishgan. Ba’zida bunday shubhalar haqiqatdek ham tuyulgan, chunki o’sha paytlarda do’kondan xarid qilsa bo’ladigan «tayyor sosiskalar» hali ixtiro qilinmagan bo’lgan. Shuning uchun hot-dog tayyorlovchilar qiymani o’zlari pishirib, unga sosiska shaklini berishiga to’g’ri kelgan… Odamlar esa arzonga tushgani uchun Hot-dogchilar it go’shtidan foydalanadi deb hisoblashgan. 1904 yilda AQShda hatto «it fabrikasi» (Dog Factory) nomli komediya suratga olingan bo’lib, unda firibgar sotuvchilar daydi itlardan hot-dog tayyorlab shahar aholisiga ularni sotayotgani aks ettirilgan.