Nimaga Jons Hopkins klinikasi dunyo bo’yicha eng yetakchi klinikalaridan biri?
— AQSHning Baltimor shahridagi bu koʻp tarmoqli klinikada juda murakkab operatsiyalar amalga oshirilgan, tibbiyotda muhim rol oʻynagan tadqiqotlar qilingan, uning talabalari ichidan Nobel mukofoti sovrindorlari yetishib chiqqan.
— Bugungi roʻyxatdagi dastlabki oʻrinda joylashishi sababi aynan koronavirus pandemiyasi bilan bogʻliq. Bu kasallik boʻyicha eng ishonchli va foydali tavsiyalar, statistik maʼlumotlar hamda davolash taktikalarini tanlashda shu klinika o’z faoliyati vazifasini a’lo darajada bajarib kelyapti.