Nimaga nomofobiya kasalligiga chalinganlar borgan sari koʻpayib bormoqda?

— Nomofobiya — telefonsiz qolish qoʻrquvi boʻlib, yildan yilga bu psixologik kasallikka chalinganlar koʻpayib bormoqda. Bu kasallik 2010-yilda rasman tan olingan boʻlib, atama «No mobile phone phobia» iborasining qisqartmasi hisoblanadi.

— Statistik maʼlumotlarga qaraganda odamlarning qariyb 10%i telefonga qaram boʻlib, sayyoramizdagi smartfoni bor insonlarning 70%i «sotka»laridan deyarli ajralishmaydilar. Buning sababi oddiy, zamon talabi, koʻpchilik smartfonsiz ishlay olishmaydi.