Nimaga o’qituvchilar qizil rangli ruchkadan foydalanadi?
— O’qituvchilar xatolarni tekshirganda yoki baholaganda an’anaviy tarzda qizil rangli ruchkadan foydalanishadi. Bu an’ana 4000 yil oldingi misr iyerogliflarida ham kuzatilgan. Lekin nima uchun aynan qizil rang?
— Birinchidan, agar o’quvchi qizil rangdan doimiy ravishda foydalansa, ko’z tez charchab qoladi va bu o’quvchiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun ham o’qituvchilar qizil ruchkadan foydalanadi.
— Ikkinchidan, tabiatan qizil rang xatolik, ya’ni salbiy ma’noni anglatadi. Shuning uchun ham svetaforning qizil ranggi to’xtashni anglatadi, dasturlardagi xatolik ham qizil rangda beriladi. Qizil rang insonda salbiy hissiyotlarni uyg’otadi.