Nimaga pul – «soqqa» deb ham ataladi?
— Pulni «soqqa» deb atalishi «Soqqa» oʻyiniga borib taqaladi. Ushbu oʻyin maxsus sharsimon soqqa deb nomlanuvchi toshlar bilan (baʼzi hududlarda yongʻoqlar bilan) oʻynaladi. Oʻyinning maqsadi — raqibning soqqalarini yutib olish hisoblanadi.
— Aynan shu maqsad, yaʼni soqqani koʻp toʻplash – pullarni koʻpaytirishga alternativ boʻlgani uchun shunday oʻxshatish paydo boʻlgan. Pulni yana mullajiring, loy, qurugʻi, koʻki singari nomlash shakllari bor.