Nimani amaliy-bezak san’ati deb ataydilar?

Bu, san’atning odamzotni qurshab turadigan turmush buyumlarini: mebellar, gazlamalar, qurol-yarog’lar, idishlar, ya’ni o’z-o’zicha chinakam san’at sohasi bo’lolmaydigan buyumlarni bezash bilan bog’liq bo’lgan sohasi. Amaliy-bezak san’at asarlari har doimo odamzotning bevosita-kundalik muhitining bir qismini tashkil etadi, ularning estetik ta’siri nafahat shaxsiy go’zalligiga, qolaversa ulardan amaliy maqsadlarda to’gridan-to’gri vazifalariga ko’ra nechog’li muvaffahiyatli foydalanishga ham bog’liq bo’ladi. Amaliy-bezak san’atining asosiy badiiy usuli — naqsh, shuningdek buyum tashqi bezalishining unsurlari, masalan, mebelning turli xil naqshlari yoki jonvorlar figuralari ko’rinishidagi detallari. XVIII asrdan e’tiboran faqat tanishtiruv maqsadlariga xizmat qiluvchi buyumlarni tayyorlash bezaklash san’atining alohida sohasi sifatida ajralib chiqa boshlaydi. Bu, misol uchun, turli xildagi marosimbop buyum, tantanavor xonalarning ichki bezaklari, badiiy kashtachilik, zebu ziynatlar. Aynan shunday buyumlarni yaratish bobida bezaklash san’ati gurkirab o’sdi. XIX asr oxirlari — XX asr boshlarida bezaklash san’ati namoyandalari odamzotning qoimmaqom yashash muhitini yaratishga intiluvchi dizayn san’atining tarkibiy qismlaridan biriga aylandi.