Nimkorlik
Nimkorlik-o’rta asrlar davriga xos bo’lgan, birovlarning yerlarini olib ishlatish usuli. Nimkorlikda kam yerli yoki ot ulovi yetmaydigan dehqon olgan hosilning yarmini o’zlashtirish sharti bilan feodal yeriga ekin ekkan. Yer egasi dehqonga ot-ulov, urug’lik beradi. Ayrim hollarda uning oilasiga ish vaqtida yashash uchun turar-joy ham ajratadi. Xo’jalik yili tugagach, hosilning yarmini dehqon, qolgan yarmini esa yer egasi oladi.