Nimkorlik

Nimkorlik (forscha-yarim va ish)-xususiy egalikda bo’lgan yerni ijaraga olib foydalanish shakli. Nimkorlikda kam yerli yoki ot-ulovi yetishmaydigan dehqon olgan hosilining yarmini berish sharti bilan yerga ekin ekkan. Nimkorlikda yer egasi dehqonga ot-ulov, urug’lik bergan, ayrim hollarda uning oilasiga ish vaqtida yashash uchun turarjoy ham ajratilgan. Xo’jalik yili tugagach, hosilning yarmini dehqon, qolgan yarmini esa yer egasi o’zaro teng bo’lib olgan. Nimkorlik O’rta Osiyoda XX asrning 20-yillariga qadar mavjud bo’lgan.