Nishon cho’li

Nishon cho’li – Qashqadaryo viloyatining Janubiy-g’arbiy qismida (qarshi cho’lining Janubda)gi cho’l. Yer yuzasi tekislik va qirlar (Qoraqir, balandligi 500 metrgacha, Do’ltalitog’, balandligi 510 metrgacha, Alouddintog’, balandligi 485 metrgacha) dan iborat. Qirlar vaqtincha suv oquvchi soy va jarliklar bilan parchalangan. Qora-qirning soy va jarlar bilan zich va chuqur kesilgan Sharqiy qismi «sakson-dara» deb ataladi. Tekislik qismida taqirlar ham uchraydi. Cho’lning tekislik qismi to’rtlamchi davr, qirlar esa bo’r va paleogen davrlari tog’jinslaridan tuzilgan. Iqlimi keskin kontinental.