Nitrofoska

Nitrofoska — tarkibida azot, fosfor, kaliy bo’lgan murakkab mineral o’g’it. Unda 12% dan azot, fosfor va kaliy bor. Nitrofoska fosfor xom ashyosi (apatitlar yoki fosforitlar)ni nitrat kislota bilan parchalab, unga kaliy xlorid qo’shib donadorlash va quritish yo’li bilan ishlab chiqariladi. G’o’zaga samaradorligi oddiy o’g’it aralashmasi samaradorligiga yaqin. Oziqlantirishda 50— 70 kg/ga (azot bo’yicha) me’yorlarda solinadi. Nitrofoska yopiq binolarda qog’oz va polietilen qoplarda saqlanadi.