Niyozjonxo’ja

Niyozjonxo’ja (18-asr 2-yarmi — 19-asr boshlari, Xiva) — Xorazmlik maqomchixonanda, sozanda va bastakor. 19-asr boshlarida Buxoroga borib, Shashmaqomning ashula va cholg’u yo’llarini o’rgangan, ularning Xorazmda keng tarqalishida muhim rol o’ynagan. Xorazm Buzruk maqomidagi Saqili Niyozjonxo’ja va boshqa bir qancha kuylar muallifi. Niyozjonxo’janing ishini shogirdlari (Mahsumjon Qozi, Usta Muhammadjon Sanduqiy, Komil Xorazmiy, Ahmadjon Tabibiy va boshqalar) davom ettirib, Xorazm maqomlariga yangi kuy va ashula yo’llarini kiritgan.