Niyozov Amin Ermatovich
Niyozov Amin Ermatovich (1903.1.11, Farg’ona viloyati, Marg’ilon tumani — 1973.26.12, Toshkent) — davlat va siyosat arbobi. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan binokor (1973). 1920-30 yillarda sovet organlarida ishladi. Moskvadagi Sanoat akademiyasida o’qidi (1930— 34). 1940 yil O’zbekiston KP MK qurilish bo’limi mudiri. 1940-46 yillarda Respublika Moliya xalq komissari, 1946-47 yillarda O’zbekiston ministrlar Soveti raisi o’rinbosari. 1947— 50 yillarda O’zbekiston Oliy Soveti Prezidiumi raisi, 1950-55 yillarda O’zbekiston KP MK birinchi kotibi. O’zbekiston Kommunal xo’jalik ministri, Ministrlar Soveti gaz va kommunal xo’jalik Bosh boshqarmasining boshlig’i (1956-60).