Niyozov Bahodir Boboyevich

Niyozov Bahodir Boboyevich (1959.15.8, Beshkent) — usta kulol, kulollar sulolasining vakili, O’zbekiston xalq ustasi (2003). Hunarni ota-bobosidan o’rgangan. P. Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtini tugatgan (1984). Qarshi san’at bilim yurtida badiiy bezash bo’limi boshlig’i (1984-97). 1997 yildan Qashqadaryo viloyati «hunarmand» uyushmasi rahbari. Niyozov qadimgi kulollik maktablaridan biri — Kasbi kulollik maktabini tiklash va rivojlantirishga katta hissa qo’shdi; an’anaviy uy-ro’zg’or buyumlari (xum, ko’za, oftoba, tuncha va boshqalar)ni o’ziga xos usulda yaratadi, binolar bezagi uchun sopol, terrakotadan samarali foydalanadi.