Nizomiddin Ahmad Hirotiy
Nizomiddin Ahmad Hirotiy (1549-94) — hind tarixchisi. Akbar davrida yuqori harbiy lavozimlarni egallagan, 1585 yil Gujarotda Baxshi (armiyaning bosh intendanti), 1593 yildan davlat baxshisi. «Tabaqoti Akbariy» nomli katta asar muallifi (1593 yil yozib tugatilgan), unda 30 ga yaqin turli manbalardan foydalanilgan. Asarda Boburiy podshoh Akbar hukmronligi tarixi bilan bir qatorda G’azni, G’ur, Dexli sultonlari, Bahmaniylar davlati, gujarot sultonligi, Malva, Bengaliya, Sind, Kashmir va Hindistondagi boshka musulmon davlatlari tarixi bayon etilgan.