Nobel laureati Devid Baltimor 87 yoshida vafot etdi

Baltimor 1938-yili Nyu-Yorkda yahudiy oilasida tug‘ilgan. Uning ota-onasi Rossiya imperiyasidan ko‘chib kelgan muhojirlar edi.

Devid Baltimor Suortmor-kollejni bitirgan, Massachusets texnologiya instituti va Rokfeller universitetida molekulyar biologiya va virusologi bo‘yicha tahsil olgan. Keyinroq falsafa bo‘yicha doktor darajasini olgan.

XX asr molekulyar biologiyasi va genetikasining eng katta yutuqlaridan biri aynan Devid Baltimorga tegishli: u genetik ma’lumot tashuvchisi nafaqat DNK molekulasi, balki RNK molekulasi ham bo‘lishini, hujayralardagi ma’lumot nafaqat DNKdan RNKga, balki aksincha ham bo‘lishi mumkinligini isbotlab bergan. Eng muhimi, bu jarayonni orqaga qaytaradigan transkriptaza deb ataladigan virus fermentining topilishi bo‘ldi.

Ushbu kashfiyot retroviruslar va viruslar, shu jumladan, ushbu fermentdan foydalanadigan OIVni tushunishga olib keldi. Dezaktivatsiyalangan retroviruslar yordamida gen terapiyasi genetik kasalliklarni tuzatish uchun bemorlarning DNKsiga foydali genlarni joylashtirish uchun ishlatiladi.

Devid Baltimor 1975-yilda 37 yoshida ushbu kashfiyotni qilgan va fiziologiya va tibbiyot yo‘nalishida Nobel mukofotiga loyiq topilgan.

U umri davomida Nobeldan tashqari ham ko‘plab, jumladan, AQSh milliy ilmiy medali, Gayrdner xalqaro mukofotiga sazovor bo‘lgan.

Manba: xabar.uz

Fikr bildirish