Nodir metallarning qotishmalari

Nodir metallarning qotishmalari — Nodir elementlar bilan boshqa elementlarni qo’shib suyuqlantirish natijasida hosil bo’ladigan qotishmalar. Nodir metallarning qotishmalari uchun umumiy xossalar — issiqbardoshlik, korroziyabardoshlik, olovbardoshlik va boshqalar. Eng ko’p ishlatiladigan Nodir metallarning qotishmalari jumlasiga vanadiy qotishmalari, volfram qotishmalari, molibden qotishmalari, niobiy qotishmalari, reniy qotishmalari, tantal qotishmalari, tsirkoniy qotishmalari va boshqalar kiradi. Bu qotishmalar mashinasozlik, asbobsozlik, raketasozlik va sanoatning ko’pgina boshqa tarmoqlarida ishlatiladi.