No’g’ay O’rda

No’g’ay O’rda, No’g’ay xonligi — Shimoliy Kaspiy va Orol dengizlari bo’yidan Tura va Kamagacha, Volgadan Irtishgacha bo’lgan hududda tashkil topgan ko’chmanchilar davlati. 14— 15-asr boshlarida Oltin O’rdadan ajrab chiqadi. Idikuning o’g’li Nuriddin zamonida (1426-40) kuchaygan. Aholisi, asosan, Mang’it va qo’ng’irotlardan iborat bo’lgan. Poytaxti — Saroychik shahri. U qora dengiz bo’ylaridan O’rta Osiyoga boradigan savdo yo’lidagi yirik shahar edi. 16-asrda No’g’ay O’rda Moskva va Qozon bozorlarini chorva mahsulotlari bilan ta’minlagan. No’g’ay O’rda murzalar boshqargan uluslarga bo’lingan. 16-asr 2 – yarmida No’g’ay O’rda Katta No’g’ay, Kichik No’g’ay va Oltiovul o’rdalariga parchalanib ketgan. No’g’ay O’rdada «Idiku» («Edigey») dostoni yaratilgan. Ad:. Poxlyobkin V. V ., Tatari i rus, ML, 2001.