Nom

Nom (mantiqda) — til ifodasi. Predmet (atoqli Nom) yoki bir guruh predmetlar (umumiy Nom)ni anglatadi. Bunda predmet keng ma’noda tushuniladi. Atoqli Nomlar ayrim predmetlarning Nomlari (masalan, «Bobur», «o’tgan kunlar» muallifi) hamda bir guruh predmetlarning umumlashgan Nomlariga (masalan, «insoniyat») bo’linadi. Guruhlar Nomini umumiy Nom (Masalan, «inson»)dan farqlash lozim. Sodda yoki elementar Nomlar va murakkab Nomlar bo’ladi. Sodda Nomlar boshqa Nomlardan yoki tilning boshqa ma’noli ifodalaridan tuzilmaydi. Murakkab Nomlar esa ma’no kasb etuvchi qismlardan tuzilgan bo’ladi («insoniyat» — sodda Nom bo’lsa, «hozirgi insoniyat» murakkab Nom). Formallashgan tillarda atoqli Nomlarning analogi konstantadir; predmetlarning atoqli Nomlariga individ konstantalar, guruhlarning atoqli Nomlariga guruh konstantalar mos bo’ladi. Nomlar va ular bilan bog’liq bo’lgan munosabatlar (avvalo Nom bilan u ifoda etadigan predmet urtasidagi munosabat)ni mantiqiy semantika o’rganadi.