Nordizm

Nordizm (nemischa Nord — shimol) -irqchilik ko’rinishlaridan biri. Nordizm g’ayriilmiy nazariya bo’lib, uning asosida shimoliy (Nord) yoki «ariy» irqi insoniyatning boshqa irqlaridan ustun ekanligi haqidagi da’vo yotadi. Nordizm Asoschilari frantsuz sosiologlari J.A.Gobino va J.V.Lapuj hisoblanadi. Nordizm Maddoxlari shimol va «german» irqlarini teng qo’ygan, german irqini «oliy» irq hisoblab, tsivilizasiyaning barcha yutuqlari uchun insoniyat «oliy» irqdan minnatdor bo’lishi kerak, deb da’vo qilgan. Germaniya fashizmi nazariyotchilari Nordizmni o’z rasmiy mafkurasiga aylantirgan edi.