Nordon tog’ jinslari

Nordon tog’ jinslari – tarki bida kremnezyom juda yuqori (64-78%) bo’lgan magmatik tog’jinslari. Bu jinslardagi ortiq darajada bo’lgan kremnezyom kristalli kvars ko’rinishida ajralib turadi yoki effuziv tog’jinslarida asosiy massadagi vulkan shishasi tarkibiga kiradi. Asosiy minerallari: kvars (20-30%), ishqorli dala shpati (25-35%), nordon plagioklaz (20— 30%), rangli minerallar (5-15%) va boshqalar. Nordon tog’ jinslarini kelib chiqishiga qarab plutonik yoki vulkanik sinfga ajratadilar.