NORMANN NAZARIYASI
NORMANN NAZARIYASI – Rossiya va boshqa xorijiy tarixshunosligidagi oqim. Uning tarafdorlari normannlar (Varyaglar) qadimgi Rusdagi davlatga asos solishgan deb hisoblaydilar. 18-asr 2-choragida G.Z.Bayer, G.F.Miller va boshqalar tomonidan ishlab chiqilgan. Normann nazariyasini M.V.Lomonosov, D.I.Ilovayskiy, S.A.Gedeonov va boshqalar rad etishgan.