Novgarzonsoy

Novgarzonsoy — Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi soy. Ohangaron daryosining chap irmog’i. Qurama tizmasining shimoliy-g’arbiy yon bag’ridagi (2800 metr) bir qancha mayda buloqlardan boshlanadi. Umumiy uzunligi 55 kilometr bo’lgan 35 dan ortiq irmog’i bor. Yuqori oqimida vodiysi chuqur, yon bag’irlari tik. O’rta va quyi oqimida vodiysi keng, 2-3 ta ko’hna qayiri (terrasa) bor. Qor, yomg’ir va buloq suvlaridan to’yinadi. O’rtacha yillik suv sarfi 1 m3/sekund. Fevral— mart oylaridan 3-5,5 m3/sekund.