Novokain

Novokain (Novocainum) — rangsiz va xidsiz kristall. Suvda va spirtda yaxshi eriydi. Novokain mahalliy og’riqsizlantirishda, novokain blokadasidz. va boshqalarda qo’llanadi. Novokain qonga yuborilganda organizmga umumiy ta’sir ko’rsatadi: atsetilxolin hosil bo’lishini kamaytirad, vegetativ gangliylarga blokadalovchi ta’sir ko’rsatadi, silliq muskullar spazmini kamaytiradi, shuningdek, yurak muskuli, bosh miya po’stlog’ining harakat sohalari qo’zg’aluvchanligini susaytiradi. Organizmda Novokain paraaminobenzoy kislota va dietilaminoetanol hosil qilib gidrolizlanadi. Uning 5-10% li eritmasi fizioterapevtik (elektroforez) davolashda ishlatiladi. Ko’pgina antibiotiklar (masalan, penisillin)ni eritishda ham qo’llanadi.