NO’XATTOSH

NO’XATTOSH — 1) mineralogiyada — issiq buloqlar suvidan cho’kkan ohak zarralarining to’planishidan paydo bo’ladigan strukturali jins. No’xat donasidek, yumaloq (nomi shundan). Struktura jihatidan aragonitning o’zi. No’xattosh markazdan xar tomonga o’sib chiqqan bo’ladi; 2) petrografiyada — yirik solitli ohaktosh. Ozarbayjonda va Chexiyada (Karlova-Vari) uchraydi.