Noyib

Noyib, noib (Arabcha — o’rinbosar, yordamchi) — o’rta asrlarda Musulmon davlatlarida tobe o’lka yoki viloyat hokimi. Noyiblar, odatda, oliy hukmdorning o’rinbosari hisoblangan. 1) oltin O’rdada Noyib xonning yirik viloyatlaridagi yordamchisi (masalan, Xorazmda). 2) Muhammad Xorazmshoh to’ng’ich farzandi Jaloliddin Manguberdita G’azni, Bomiyon, G’ur, Bust, Takinobod, Zamin Davor hamda qo’shni Hind yerlarini boshqarishga bergan. Biroq, Jaloliddinni Urganchdan uzoqlashtirmaslik maqsadida Quzbar Malikni nomi zikr etilgan mamlakatlarga Shahzodaning Noyibi etib jo’natgan. 3) Amir Temur saltanatida Sohibqironning farzandlari, nevaralari, yaqin safdoshlari turli o’lka va viloyatlarga Noyib etib tayinlangan. Noyib unga ishonib topshirilgan hududning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy holati uchun mas’ul hisoblangan. 4) Ozarbayjonda Oktabr to’ntarishidan (1917) oldingi mahallalar (magallar) boshlig’i. 5) Turkiya sultonligida qozi va mulla o’rinbosari. 6) 20-asrda Noyib atamasi Eron va Afgonistonda turli harbiy unvonlarni anglatgan (masalan, «Noy-ebe avval» — katta leytenant, «noyebe sarhang» — podpolkovnik).