Nubiya-Arabiston qalqoni

Nubiya-Arabiston qalqoni -Afrika platformasi tokembriy fundamentining shimoli-Sharqiy qismidagi turtib chiqqan joyi. Qizil dengiz riftining Nubiya-Arabiston qalqoni o’q qismini kesib o’tishi tufayli qalqonning g’arbiy qismi Afrika (Nubiya cho’li)da, sharqiy qismi esa Arabiston yarim orolining g’arbiy hududida joylashgan. Yoshi jihatdan yuqori proterozoyga mansub bo’lgan gneyslarning juda qalin va mustahkam o’rnashgan qatlami va kvarsit hamda marmarlarning bir necha qatlaridan tuzilgan kristallik va metamorfik slaneslardan hosil bo’lgan. Jinslarning bu qalin qatlami granitlar intruziyasi (bir necha generasiya) tomonidan yorib chiqilgan. Bazaltlarning yosh otqindilari ham mavjud.