Nura, Keregetas, Qarasho’qi, Bayg’o’ja

Nura, Keregetas, Qarasho’qi, Bayg’o’ja — Qozog’iston Respublikasining Qarag’anda va Okmo’la viloyatlaridagi daryo. Qarqarali tog’lari etagidan boshlanadi va shimol, shimoli-g’arbga oqib borib Tengiz ko’liga quyiladi. Uzunligi 978 kilometr, havzasining maydoni 60,8 ming km2. To’lib oqqan davrlarda Nuraning anchagina suvi Muxor tarmog’i orqali ishim daryosiga quyiladi. O’rtacha yillik suv sarfi quyilish joyidan 369 kilometrda 19,5 m’/sek. Asosan, qor suvlaridan to’yinadi. Bir oycha (asosan, aprel oyida) to’lib-toshib, qolgan vaqtlarda esa jildirab oqadi. Noyabrda muzlab aprelda muzdan bo’shaydi. Nura Qarag’anda va Temirtovni suv bilan ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Nurada suv omborlari qurilgan.