Nuqta

Nuqta — eng ko’p qo’llanadigan va eng qadimgi tinish belgilaridan biri (•); 11-asrda Arab, matnlarida yozuv belgisi sifatida paydo bo’lgan. 19-asrgacha unish vazifasi va qo’llanishi hozirgi ayni tinish belgisinikidan tamomila farq qilgan. Hozirgi o’zbek imlosida Nuqta quyidagi o’rinlarda qo’llanadi: 1) darak gaplar oxirida (Quyosh hamma yoqni qizdirmoqda); 2) orzu-istak, iltimos, yalinish, da’vat, undash, maslahat, ogohlantirish kabi mazmunni ifodalovchi buyruq gaplar oxirida (bugun ertaroqboring. Bizga ovqat keltirsangiz. Mayli, o’qing bo’lmasa, hamma eshitsin); 3) bosh harflar yoki bo’g’inlar bilan ko’rsatilgan shartli qisqartmalardan so’ng (S. Rahimov; M. T. Oybek; va sh.k.; va boshqalar); abbreviaturalarda Nuqta qo’yilmaydi; 4) raqamlar yoki harflar bilan ko’rsatilgan numerativlardan so’ng (1. A. 2. V. kabi. Bunda numerativdan keyin keladigan ga- plar mustaqillikka ega bo’lishi shart); 5) ba’zan sanalar raqam bilan yozilganda, yil, oy, kunlarni o’zaro ajratish uchun ular orasiga qo’yiladi (2003 yil 19 oktabr); 2000.14.V11I. (2000 y. 14 avgust) va hokazolar Ad.: Nazarov K., O’zbek tili punktuatsiyasi, T., 1976.