Nur tezligi

Nur tezligi (astronomiyada) — osmon jismi (masalan, yulduz) fazoviy tezligining kuzatuvchidan shu jismga o’tkazilgan to’g’ri chiziqqa, ya’ni ko’rish nuri yo’nalishiga proektsiyasi. Dopler effekti bo’yicha anikdanadi. Unga ko’ra, yorug’lik manbai kuzatuvchidan uzoqlashayotgan bo’lsa, nurlanishning to’lqin uzunligi uzayadi, yaqinlashayotgan bo’lsa, qisqaradi. Nur tezligini aniqlash uchun osmon yoritqichidagi nurlanish (yoki yutilish) to’lqin uzunligi spektri bilan qo’zg’almas yorug’lik manbai to’lqin uzunligi spektrining o’zaro farqi rasmta olinadi va ularni bir-biriga taqqoslanadi. Shu usulda necha ming yulduzning Nur tezligi aniqlangan. Ko’pchilik yulduzlarning Nur tezligi necha o’n km/s, ba’zilariniki bir necha ming km/s.