Nuraliyev Haydarali

Nuraliyev Haydarali (1944.10.12, Toshkent) — naqqosh, O’zbekiston xalq ustasi (1998). P. Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtini tugatgan (1969). 1969-78 yillarda Toshkentdagi «suvenir» fabrikasida naqqosh, bosh usta lavozimida ishladi. 1978 yildan «Usto» birlashmasida naqqosh usta. Ko’p yillar davomida ustozi Hakim Jalolov guruhi bilan O’zbekistonning ko’plab madaniy, ma’muriy binolari Shift va devorlariga kurkam bezaklar ishlashda mahorat ko’rsatdi. Ayniqsa, «islimiy» naqshlar ishlashda yutuklarga erishdi. Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Oliy Majlis binosi intererlari va boshqalarga ishlagan naqshlari naqqoshlik san’ati namunalari hisoblanadi.