Nurash

Nurash – haroratning o`zgarib turishi, atmosferaning fizik-kimyoviy ta’siri, yer osti va yer usti suvlari hamda organizmlar ta’sirida yer yuzidagi tog` jinslari va minerallariing buzilish va yemirilish jarayoni. Nurashning fizik, kimyoviy va biologik turlari bo`ladi. Fizik urash haroratning keskin o`zgarib turishi va tog` jinslarining quyosh nuridan turlicha qizishi sababli katta-kichik bo`laklarga bo`linishi. Kimyoviy nurash tog` jinsi bilan havo (kislorod, karbonat angidrid va b.) ning bir-biriga ta’siri va turli suvli eritmalarning ta’sirida ro`y beradi; bunda jinslarning mineralogik tarkibi o`zgaradi; Masalan, dala shpati kaolinga aylanishi mumkin. Biologik nurash o`simlik va organizmlarning tog` jinslariga ta’siri natijasida sodir bo`ladi. Bu organizmlar tog` jinslari va minerallarning tarkibiga ta’sir etadigan eritmalar ajratib chiqarib, ularni yemiradi.