Nurota qishlog’i haqida eshitganmisiz?
Nurota qishlog’i haqida eshitganmisiz? – Samarqand oblastining Nurota rayonida. Toponim Nurota tog’i nomi asosida vujudga kelgan. Nurota toponimning kelib chiqishi haqida turli fikrlar bor. Ba’zi toponimistlar nur (yorug’lik, shu’la) va ota (ziyoratgoh joylar nomiga qo’shiladigan qo’shimcha) so’zlaridan yasalgan, degan fikr bildiradilar. H.Hasanov toponimning asli nomi Nur Buxoro va Karmanadagi birdan-bir baland tog’. Uni ulug’lab bu yerdagi mozorni muqaddaslashtirib Nurota deganlar. Oftob nuri ham eng avvalo ana shu tog’ tepasida ko’rinadi, deb yozadi. V.A.Nikonovning fikricha, Nurota mo’g’ulcha Nuru “tizma, tog’ tizmasi” va Tau yoki Tov so’zlaridan tuzilgan. Qozog’iston toponimiyasida Nura “tog’ cho’qqisi, tog’ning yuqori qismi” degan ma’noni bildiradi. Tarixiy manbalarda Oltoy tog’lari Oltoy-Nuru deb atalgan. Shunday qilib, Nura, Nuru so’zining “tog’, tog’ tizmasi, cho’qqi, baland tog’” kabi ma’nolari bor va bu juda katta territoriyaga tarqalgan geografik termindir. Nurota ana shu termin asosida yasalgan – “baland tog’, cho’qqili tog’” degan ma’nodadir.



