Nusellus
Nusellus (lotincha nucella — yong’oqcha), urug’kurtak mag’zi — urug’lio’simliklar urug’kurtagining Markaziy qismi (yadrosi); qirqquloqsimonlarning megasporangiyiga o’xshaydi. Nusellus ichida megasporosit shakllanadi va uning yadrosi 4 ta yadro hosil qilib bo’linadi, natijada 4 ta megaspora rivojlanadi. Shundan 3 tasi nobud bo’ladi, bittasi esa urg’ochi gametofitga aylanadi. Ba’zi gulli o’simliklarning 4 yadroli hujayrasi 2 yadroliga aylanadi yoki butunlay bo’linmaydi, gametofit esa bitta ikki yadroli hujayradan (ikkinchisi o’ladi) yoki 4 yadrolidan vujudga keladi. Urug’da saqlanib qolgan Nusellus perispeam deb ataladi.