Nusxa ko’chirish qurilmasi
Nusxa ko’chirish qurilmasi – 1) matnlarning asl nusxalari (Originallar) dan nusxa (nusxalar) olinadigan qurilma. Eng keng tarqalganlari foto, yoruglik, ksero (elektr-foto), termo… va elektron Nusxa ko’chirish qurilmasi. Bularning yordamida har xil o’lchamli bir va bir necha nusxani ko’chirish mumkin; 2) mashinasozlikda — metall kesish stanogining keskichi yoki zagotovka harakatini avtomatik boshqarib turadigan qurilma. Unda ishlanadigan buyumning shakli andaza, model, etalon yoki chizma yordamida berilgan buyum shakliga o’xshab chiqadi. Nusxa ko’chirish kallagi, keskich o’rnatiladigan kallak, ijro mexanizmidan iborat. Ijro mexanizmi bilan keskich orasidagi aloqa mexanik, elektr, gidravlik va boshqa usullar bilan amalga oshiriladi; 3) matbaada — bosma qoliplarni fotomexanik usulda tayyorlaydigan jihoz turi; 4) kinotexnikada — tasvir negativ» va fonogramma negatividan kinoplyonkaga pozitiv nusxa ko’chiradigan qurilma.