Nutq

Nutq — tilning fikr ifodalash va almashish jarayonlarida amal qilishi, tilning alohida ijtimoiy faoliyat turi sifatidagi muayyan yashash shakli. Nutq deganda uning og’zaki (ovozli) va yozma ravishda namoyon bo’lishidagi jarayonlar, ya’ni so’zlash jarayoni va uning natijasi (xotirada saqlangan yoki yozuvda qayd etilgan nutqiy fikrlar, asarlar) tushuniladi. Lingvistik nazariyada Nutq tushunchasi muayyan til jamoasida qabul qilingan ifoda vositalari tizimi hisoblangan mavhum til tushunchasiga hamda ijtimoiy borliq (hayot)ning eng xarakterli ko’rinishlaridan bo’lgan aniq, bir qadar umumiyroqtil tushunchasiga qarama- qarshi qo’yiladi. Boshqa odamlar xulq-atvori va faoliyatiga ta’sir ko’rsatish maqsadida ularga axborot, xabar yetkazishga xizmat qiladigan asl Nutq (tashqi nutq), ya’ni gapirish, til belgilarining eshitish a’zolari tomonidan idrok qilinadigan (ovoz yozib oluvchi uskunalar yordamida qayd etiladigan va qayta takrorlanadigan) artikulyasiyasi tarzida yoki ushbu belgilarning yozuvda shartli aks etishi tarzida yuzaga chiqadi. Asl nutq («tashqi nutq») bilan bir qatorda ichki Nutq ham bor. U so’zlovchi ongida bilishga yordam beradigan turli xil masalalarni muhokama qilish va hal etishga qaratiladi. Ichki Nutq tashqi Nutq asosida, tovush yoki yozuv qo’llanmagan holda, faqat ovozli Nutqdagi so’zlar haqidagi aniq tasavvurlar bilan kechadigan aksiy jarayonlar tarzida amalga oshadi. Yozma Nutq Og’zaki Nutqdan bir qadar shakllanganligi, so’zlarning o’ta sinchkovlik bilan tanlab olinishi, grammatik jihatdan aniq, lekin murakkab shakllanganligi, og’zaki Nutq uchun xos bo’lgan ohang, mimika va qo’l harakatlarining bevosita qo’llana olmasligi bilan farqlanadi. Nutqning monologik va dialogik turlari mavjud. Nutq aloqa-aralashuv vazifasidan tashqari yana boshqa vazifalar, chunonchi, poetik vazifa ham bajarishi mumkin. Nutqning alohida ko’rinishi o’qishdir. Har bir kishining Nutqi. individual, o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’ladi; vaholonki, asosiy til unsurlari — lug’at tarkibi va grammatik qurilishi yakka shaxslargagina tegishli bo’lmay, umumnikidir, ya’ni muayyan til jamoasiga umuman taalluqyai bo’ladi. Nutq kishi tafakkuri, uning ongi bilan chambarchas bog’liqtsir. Nutqda kishining o’y-fikrlari shakllanadi va mavjud bo’ladi. Nutq tufayli va Nutq asosida borliqni umumlashgan holda mavxumiy aks ettirish, individuallik doirasidan chiqib, jamoatchilik mahsuliga aylanadigan mantiqiy tushunchaviy fikrlash mumkin bo’ladi. Nutq kishi ruhiyatining boshqa jihatlarini, uning sezgilari, idroki, xotirasi, o’y-xayollari, hissiyoti, irodasi va boshqalarning namoyon bo’lishi va amal qilishida, kishi ongining rivojlanishida xam katta ahamiyatga ega. Nutq qo’llanish sohasiga qarab badiiy Nutq, ilmiy Nutq, rasmiy Nutq kabi shakllarga ega bo’ladi. Har qanday shaklda va har qanday holatda ham aniklik, ravonlik, soddalik, ta’sirchanlik Nutqning eng muhim belgilari bo’lib qolishi kerak. Abduvahob Madvaliyev.