Nyanxao
Nyanxao (xitoycha) — Xitoyda yil hisobi shakllaridan biri, imperator xukmronligi «shiori». Miloddan avvalgi 141 yil oxiri 140 yil boshida joriy qilingan. Milodiy 536 yil yil hisobining bu shakli Koreyada (koreyscha — nyonko), 644 yil — Vetnamda (vetnamcha — namxao), 645 yil — Yaponiyada (yaponcha — nengo) paydo bo’lgan. Nyanxao ba’zan bir imperator hukmronligi davrida bir necha bor o’zgargan, zero shiorning almashtirili- shi saltanatni yanada baxtliroq qiladi deb hisoblangan. Xitoyda Nyanxao ning bot-bot o’zgarib turishi qad. Zamonlardan to 17-asrgacha davom etgan. Yaponiyada bir imperator davrida shiorlarning tez-tez o’zgarib turgani 13-15 va 19-asrlarda sodir bo’lgan. Xitoydagi Tsin sulolasi davrida har bir imperatorning bittadan shiori bo’lgan. Nyanxao, odatda, ramziy ma’no kasb etgan, masalan, Min sulolasi imperatori Chjudi (tay Szun) [1402/3— 24] ning Nyanxaosi Yunle, ya’ni abadiy quvonch deb atalgan, Yaponiyada Medzi (1868— 1912) nengosi ma’rifatli boshkaruvni anglatgan.