NYUKASL
NYUKASL — Avstraliyaning Janubiy- Sharqiy qismidagi shahar. Yangi Janubiy Uels shtatida. Tasman dengizi sohilidagi port. Aholisi 479,3 ming kishi (1999). Avstraliyadagi yirik ko’mir havzasi markazi. Qora metallurgiya, kemasozlik, avtomobilsozlik, kimyo sanoati korxonalari, universitet bor. Nyukasl porti orqali chetga ko’mir chiqariladi.