Nyurnberg sud jarayoni
Nyurnberg sud jarayoni – asosiy natsist harbiy jinoyatchilar ustidan o’tkazilgan sud jarayoni. Nyurnberg shahri (Germaniya)da 1945 yil 20 noyabr — 1946 yil 1 oktabrda bo’lib o’tgan. Fashistlar Germaniyasining oliy davlat va harbiy arboblari javobgarlikka tortilgan. Nyurnberg sud jarayonida Natsional-sotsialistlar partiyasining rahbar tarkibi va bu partiyaning sokchi otryadlari (SS), xavfsizlik xizmati (SD), davlat maxfiy polisiyasi (gestapo) jinoyatchi deb topilgan. 12 kishi (G. Gering, E. Kaltenbrunner, A. Yodl va boshqalar) o’limga, 7 kishi uzoq muddatli yoki umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan. Tarixda 1-marta Nyurnberg sud jarayonida agressiya insoniyatga qarshi eng og’ir jinoyat ekanligi e’tirof etildi. Sud jarayonini ittifoqchilar tomonidan tuzilgan xalqaro harbiy tribunal amalga oshirdi.