Nyasa, Malavi

Nyasa, Malavi — Afrikadagi ko’l. Mozambik, Tanzaniya va Malavi hududlarida. Sharqiy Afrika yoriklar zonasidagi tektonik botiqda, 427 metr balandlikda joylashgan. Maydoni 30,8 ming km2, uzunligi 580 kilometr, eni 80 kilometrgacha, eng chuqur joyi 726 metr. Shimol va shimoli-Sharqiy qirg’oqlari baland, tik va qoyali, Janubi — past. Kul Shire daryosi orqali Zambezi daryosiga oqadi. Baliqqa boy (230 dan ortiq turi, kupi endemik), timsoh, karkidon yashaydi. Baliq ovlanadi. Kema qatnaydi. Kul sohilida Nkota-kota, Karonga, Bandave, Mvaya, Mbaiba-Bey, Kobve, Metangula yirik port shaharlari joylashgan. Ko’l atrofi milliy bog’ tarkibida.