Nyutonning mexanika qonunlari
Nyutonning mexanika qonunlari — klassik mexanika asosini tashkil qiladigan uchta qonun. I. Nyuton tomonidan ta’riflangan (1687). Birinchi qonun — har qanday jismga tashqi kuch ta’sir qilmaguncha u o’zining tinch holatini yoki to’g’ri chiziqli tekis harakatini saqlaydi. Ikkinchi qonun — harakat miqdori (jism massasi bilan tezlanishi ko’paytmasi) ning o’zgarishi jismga ta’sir qiluvchi kuchga proportsional, yo’nalishi esa ta’sir etadi. Uchinchi qonun — ikki jismning o’zaro ta’sir kuchi bir-biriga teng, yo’nalishi esa qarama-qarshi bo’ladi. Nyutonning mexanika qonunlari G.Galiley, X.Gyuygens, R./ukhamda I.Nyutonning o’zi o’tkazgan ko’plab kuzatishlar, tajribalar va nazariy tadqiqotlar natijasida paydo bo’lgan. Nyutonning mexanika qonunlari elementar zarralar va tezligi yorug’lik tezligiga yaqin moddalar uchun o’rinli emas.