Ob-havo bashorati (prognozi)

Ob-havo bashorati (prognozi) (yunoncha prognozis – oldindan bilish) – meteorologik stansiyalardan olingan ma’lumotlar va sinoptik xaritalar asosida ob-havoning kelajak holatini aniqlash. Ob-havo bashorati qisqsa muddatli (bir necha o`n soatlik), uzoq muddatli (bir necha kunlik, oylik va h.k.) bo`ladi. Moskva, Vashington, Melburn jahon meteorologik markazlari qilib tanlangan. O`zbekistonda ob-havo bashorati bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi shug`ullanadi.