Ob-havo xaritalari

Ob-havo xaritalari – Meteorologik va aerologik stansiyalardan olingan ma’lumotlar (sonlar va shartli belgilar) ni geografik xaritalarga ko’chirib tuziladigan sinoptik va aerologik xaritalar. Yer yarim shari, butun yer yuzasi uchun, shuningdek, kichik rayonlar uchun tuzilishi mumkin. Ob-havo xaritalari ob-havo byurolarida kuniga bir necha marta tuzilib, odatda, kuzatishdan olingan ma’lumotlar asosida EHM lar va maxsus moslamalar yordamida tayyorlanadi. Ob-havo xaritalarida konik, merkator, stereografik proektsiyalardan foydalaniladi. Ularda quruqlik, dengiz va boshqa orografiyalarning muhim xususiyatlari beriladi. -havo xaritalari kompleks, aerologik, yordamchi xaritalarga bo’linadi. Ular ob-havo xizmatida muttasil, talabga qarab har 3, 6, 12 soatlar orasida tuziladi. Bu xaritalarni tahlil qilib, bo’lib o’tgan, hukm surayotgan va bo’lajak ob-havo aniqlanadi. Meteorologik ma’lumotlar asosida tuzilgan xaritalar yer yaqini sinoptik Ob-havo xaritalarilari, aerologik kuzatish natijalari tushirilgan xaritalar barik topografiya yoki aerologik xaritalar deyiladi. Kompleks xarita sinoptik xarita bo’lib, unda dengiz yuzasiga moslashtirilgan qavo bosimi, temperaturasi va namligi, uzoqni ko’rish masofasi, har xil bulutlar, yog’in turlari, atmosfera hodisalari va hokazolar ifodalanadi. Kompleks xaritalardan ob-havoni va atmosfera sinoptik holatini tahlil qilishda foydalaniladi. Aerologik xaritalar atomosferaning ma’lum balandliklari uchun tuziladi. Bu xaritalarda shamol tezligi va yo’nalishi, temperatura, namlik va hokazolar belgilanadi. Aerologik xaritalar, asosan, aviatsiya xizmatida katta ahamiyatga ega. Yordamchi, kompleks, sinoptik xaritalarga qo’shimcha qilib, ayrim meteorologik elementlar (masalan, tumanlar, chang bo’ronlar, yashin va chaqmoqlar, yaxmalaklar, kuchli yog’inlar, eng yuqori va eng past temperaturalar, tropopauza balandligi va boshqalar asosida) tuziladi. Kichik rayonlar uchun tuziladigan Ob-havo xaritalarilari mahalliy axamiyatga ega bo’lgan ko’p sonli meteorologik stansiyalar ma’lumotlaridan foydalanib tuziladi. Aviatsiya xizmati uchun mo’ljallangan Ob-havo xaritalarilari ma’lum rayon uchun uni halqa ko’rinishida o’rab olgan zich meteorologiya stansiyalari ma’lumotlari asosida tuzilgan ob-havo xaritasi asosida qisqa vaqt oralig’i uchun tuziladi. Aviameteorologiya markazlarida muntazam ravishda maxsus prognoz xaritalari tayyorlanadi. Tohir Muxtorov.