Ob’yektiv

Ob’yektiv — optik asbob yoki fotoapparatning ob’yektning teskari tasvirini hosil qiladigan qismi; bir necha linza yoki ko’zgulardan iborat bo’ladi. Quyidagilarga bo’linadi: 1) ko’rish trubasi va teleskop Ob’yektivlari; tasvirni kichraytirib beradi; 2) mikroskop Ob’yektivlari; tasvirni kattalashtirib beradi; 3) fotografik va proektsion Ob’yektivlar; o’z tuzilishi va ajrata olish qobiliyatiga qarab, ham kichraytirib, ham kattalashtirib beradi. Muhim ko’rsatkichlari: fokus masofasi (tasvirning masshtabini ifodalaydi), ko’rish maydoni burchagi, nur kirish tirqishi, yorug’lik kuchi (nur kirish tirqishi diametrining fokus masofasiga nisbati) va ajrata olish qobiliyati. Ob’yektivlar tuzilishiga ko’ra, linzali (refraktor, dioptriklar), ko’zguli (reflektor, katoptriklar) va ko’zgulinzali; ajrata olish xususiyatiga ko’ra, universal, teleob’yektiv, yorug’ligi kuchli, keng (tor) burchakli va boshqa xillarga bo’linadi. Ob’yektgacha masofaga ko’ra, ularni ma’lum (aniq) bir masofada joylashgan buyumning tasvirini hosil qiladigan Ob’yektiv (mikroskop Ob’yektiv, proektsion Ob’yektiv); cheksiz uzoqlikda joylashgan buyumning tasvirini hosil qiladigan Ob’yektiv (kurish trubasi Ob’yektivi, teleskop Ob’yektiv va ko’pchilik fotografik Ob’yektivlar)ga bulish mumkin. Teleskoplarda linza va ko’zgulinzali Ob’yektivlar qo’llaniladi. Refraktorlarsa 2 linzali Ob’yektivlardan, astrograflarga osmon yoritqichlarining surati olinadigan, 3 va 4 linzali Ob’yektivlardan foydalaniladi. Astronomik Ob’yektivlarga yer sun’iy yo’ldoshlarinn kuzatish sistemasida qo’llaniladigan Ob’yektivlar (yo’ldosh kameralari) va atmosferaning yuqori qatlamlaridagi jismlar (masalan, meteorlar) ning harakatini suratga olishda ishlatiladigan Ob’yektivlar ham kiradi. Bu Ob’yektivlar o’z ko’rsatkichlari bo’yicha bir tomondan astrograf Ob’yektivlariga o’xshasa, ikkinchi tomondan fotografik o.larning ba’zi turiga o’xshaydi. Fotografik (kinoga olish va reproduktsiyalashda qo’llaniladigan) Ob’yektivlar buyum tasvirini aniq hosil qilish bilan boshqa o.lardan farq qilai. Ishlatilishiga qarab, ular havaskorlik va kasbga oid fotografiyada; kinematografiyada qo’llaniladigan, televizion, reproduktsion, flyuorografik, astrografik va boshqalarga bo’linadi. Mikroskop Ob’yektivlari boshqa Ob’yektivlardan buyumga juda yaqin turishi bilan farq qiladi. Bunday Ob’yektivlarning eng takomillashgani planaxromat va plana-poxromatlardir. Xossalari jihatidan fotofafik Ob’yektivga yaqin bo’lgan spektral asboblar Ob’yektivlari; lazerlar bilan ishlatiladigan Ob’yektivlar va boshqalar. Ob’yektivning alohida guruhiga kiradi. Fotoapparat ob’yektivi (chapda); mikroskop ob’yektivi sxemasi.