Ochiq aktsiyadorlik jamiyati

Ochiq aktsiyadorlik jamiyati — ishtirokchilari o’zlariga qarashli aktsiyalarni boshqa aktsiyadorlarning roziligisiz erkin tasarruf etishi mumkin bo’lgan aktsiyadorlar jamiyati. Bundam aktsiyadorlik jamiyati o’zi chiqaradigan aktsiyalarga qonun hujjatlarida belgilab qo’yiladigan shartlar asosida ochiq obuna o’tkazishga va ularni erkin sotishga haqi. Ochiq aktsiyadorlik jamiyatining muassislari tarkibiga kiruvchilarning eng kam soni cheklanmaydi. O’zbekistonda Ochiq aktsiyadorlik jamiyati faoliyati «aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida» gi qonun (1996 yil 26 aprel) bilan tartibga solinadi.