Oxur

Oxur — chorva mollari (qo’y, echki, sigir, ot)ga yem-xashak (pichan, silos, aralash ozuqa) beriladigan moslama (idish). Katta-kichikligi, yuza-chuqurligi mollarning soniga, yoshiga, turiga, boqilish usuliga qarab belgilanadi. Asosan yog’ochdan yasaladi, ba’zan metall, plastmassa, betondan ham qurilishi mumkin. Oxurning bir tomonlama (mollar faqat bir tomondan ovqatlanadigan), ikki tomonlama, umumiy va alohida-alohida, muqim (stasionar) va ko’chma xillari bo’ladi. Yilqichilik fermarlarida devorga osib qo’yiladigan Oxur ham bo’lishi mumkin. Zamonaviy fermalarda, asosan, avtomat oxur qo’llanadi. Parrandachilik fermerlarida don-dun va suv tushib turishiga moslangan avtomat-Oxurdan foydalaniladi.