Odoq shahri haqida eshitganmisiz?

Odoq shahri haqida eshitganmisiz? – Bu shahar qadim Amudaryo etaklarida, Sariqamish botig’i yonida bo’lgan. Andijon shahri ham qadim Odoq deb atalgan. Odoq – oyoq so’zining qadimgi variant bo’lib, “daryoning oxiri yoki kanallarning oxiri, daryo yoqasi” degan ma’noni bildirgan. Xorazmda Odoq ning “past, g’arb, kun botish” degan ma’nolari bor: Oyoq qishloq, Oyoqli (Odoqli) kabi toponimlar, shu ma’noni bildiradi. Shunday qilib, Odoq geografik termin bo’lib, “past, daryo oxiri” kabi ma’nolarni ifodalaydi.

Fikr bildirish